O‘zDJTU rektori Yaponiyada xizmat safarida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ayni paytda xizmat safari bilan Yaponiyada bo‘lib turibdi.

 

 

2025-yil 29-sentabr kuni Tokio shahrida joylashgan Toyo universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitet rahbariyati – rektor Etsuko Yaguchi, xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor Toshiya Arayaki, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Hideaki Tada hamda adabiyot fakulteti dekani Ichiro Numata O‘zDJTU rektorini samimiy kutib oldilar.

Uchrashuv avvalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTU faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ta’lim va ilmiy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

 

Shundan so‘ng tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qator yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. 

Jumladan:
 - talaba va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini tashkil etish;
 - O‘zDJTUga yapon tili o‘qituvchilarini yuborish;
 - talabalar uchun onlayn kurslar yo‘lga qo‘yish;
 - kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar va shartnomalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube