“Rektor kubogi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov g‘olib jamoalarga estalik sovg‘alari va “Rektor kubogi”ni topshirdi.
Marosim do‘stona muhitda o‘tib, professor-o‘qituvchilar nafaqat sportdagi yutuqlarini, balki jamoaviy ruh va sog‘lom raqobatni namoyish etdilar.