Yangi qurilayotgan yotoqxonaga tashrif
26-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbarya vakillar va fakultet dekanlar bilan birga Zakovat ko‘chasi 7-uy hududida qurilayotgan yangi talabalar turar joyi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Tashrif davomida ob’ektning qurilish ishlari borishi, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi va ish sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yangi talabalar turar joyi zamonaviy me’yorlar asosida, talabalarning qulay yashashi va samarali ta’lim olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratgan holda barpo etilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, qurilish jarayonlarini jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.