OʻzDJTUda Ustoz va murabbiylar kuni bayrami nishonlandi

Bugun, 27-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram dasturi boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Ustozlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning yoshlarga bilim berish va tarbiya berish yoʻlidagi fidokorona mehnatini yuksak qadrlashini taʼkidladi. Shuningdek, faxriy ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayram dasturi davomida professor-oʻqituvchilarga “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taqdim etildi. “Tantana” guruhi, talabalar va sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari, shuningdek, turli badiiy chiqishlar yigʻilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bagʻishladi.

 

 

Dasturda ustozlar uchun maxsus videorolik, musiqiy sovgʻalar, Jazz ijrosi, shuningdek, QVZ jamoasining chiqishlari va lototron orqali sovgʻalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bayram yakunida esa mashhur xonanda Alisher Fayz oʻz qoʻshiqlari bilan ishtirokchilar kayfiyatini yanada koʻtarinki qildi.

Ushbu tadbir barcha ustozlar va murabbiylar uchun unutilmas bayram tuhfasiga aylandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube